“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bugun, 12 iyun kuni yana bir xonandaning lisenziyasini olib qo‘ydi. Bunga sabab qilib shartnoma shartlari qo‘pol ravishda buzilgani ko‘rsatildi.
“Lisenziat Dilmurod Sultonov bilan tuzilgan lisenziya bitimining 4.2.5-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilgani sababli, ushbu xonanda nomiga berilgan lisenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan 2017 yil 12 iyundan tugatilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyun kunidan xonanda Shahnoza Otaboyevaning lisenziyasi ham olib qo‘yilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi