Leonardo Di Kaprio AQSh Adliya vazirligiga o‘ziga tegishli "Oskar"ni topshirdi. Bu haqida bir qator OAV xabar berishdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Aktyor vakillarining ma’lum qilishicha, bu kinoyulduzning shaxsiy tashabbusi. Aslida esa aktyor haykalchaning musodara qilinishiga doir sud hukmini dog‘da qoldirishga qaror qilgan ko‘rinadi.
Bu haykalcha unga "Uoll-stritlik bo‘ri" loyihasi ketidan kelgandi. "Oskar" qachonlardir Marlon Brandoga tegishli bo‘lgan va juda qadrli kolleksion eksponat hisoblangan. Xo‘sh, Di Kaprio nima uchun mukofotdan voz kechdi? Gap shundaki, unga bu mukofotni taqdim etgan "Red Granite Pictures" kompaniyasi hozirda korrupsiya va pul o‘marishda ayblanib, tergov nazoratiga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, Leo jinoyatchi kompaniya bilan faqat bu sovg‘a orqali bog‘lanmagan. "Red Granite Pictures" kompaniyasi "Uoll-stritlik bo‘ri"ni moliyalashtirgan: aktyor u erda nafaqat bosh roldagi aktyor, balki prodyuser ham bo‘lgan va tabiiyki, bu pullarning qayerdan kelishini yaxshi bilgan.
Kompaniyaning o‘zi esa moliyaviy resurslarni malayziyalik korrupsioner amaldorlardan olgan. Huquq-tartibot organlari bu kompaniya tomonidan moliyalashtirilgan filmlarning barcha daromadlarini musodara qilmoqchi.
Boshqalar qatorida Leo ham ziyon ko‘radi - u film prodyuseri sifatida qo‘lga kiritgan pullaridan mahrum bo‘ladi. Bu voqea atrofidagi xabarlar Leoning Hollivuddagi karerasini yo‘qqa chiqarishi, shuningdek uning atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida topayotgan obro‘siga putur etkazishi mumkin. Zero uning "kompanonlari" o‘z mamlakatidagi o‘rmon daraxtlarini noqonuniy kesish bilan shug‘ullangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi