00:01 / 22.06.2017
6 562

“Sharq taronalari”: Gran-pri sohibi 10.000 ming AQSh dollariga ega bo‘ladi

“Sharq taronalari”: Gran-pri sohibi 10.000 ming AQSh dollariga ega bo‘ladi
Har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziluvchi “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali bu yil o‘n birinchi bor bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlari qay darajada ketayotgani xususida axborot olish uchun mutasaddilar bilan bog‘landik. Ular bizga xat bilan murojjat qilishimizni, hozir juda ishlari ko‘pligini va vaqtlari bo‘lganda javob qaytarishlarini aytishdi.

Saytimiz birinchi galda milliy manfaatlarimizdan kelib chiqib, axborot tarqatadi. Ya’niki, madaniyatimiz va san’timiz haqidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka etkazish birinchi galdagi vazifamizdan biri hisoblanadi. Mas’ul xodimlar bu ishlarimizdan nima uchun manfaatdor emasligiga axborot zamonida izoh berishga ojizmiz. Oz bo‘lsa-da, bizgacha etib kelgan bor ma’lumotlar bilan tanishing.

Festivalga 25-30 avgust kunlari hamisha navqiron va boqiy Samaraqand shahri har galgidek mezbonlik qiladi.

Tanlov g‘oliblari uchun festival tashkiliy qo‘mitasi tomonidan quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan:

Gran-pri – 10.000 ming AQSh dollari;

1-mukofot (2 ta), har biri 7.000 AQSh dollaridan;
2-mukofot (2 ta), har biri 5.000 AQSh dollaridan;
3-mukofot (2 ta), har biri 3.000 AQSh dollaridan.

Ayni paytgacha bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 70 ga yaqin mamlakatidan 500 nafardan ziyod musiqashunoslar, xonanda va sozandalar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishi kutilmoqda.

XI xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan Samarqand viloyati hokimligida o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimi ko‘chalarini obodonlashtirish, anjuman qatnashchilarini kutib olish darvozalari – aeroport hamda temir yo‘l vokzali, ular joylashadigan mehmonxonalarda xalqaro andozalarga mos, sifatli servis xizmatlarini ko‘rsatish darajasi xalqimizning mehmondo‘stligi, davlatimizning salohiyatini namoyon etishi kerakligi xususida gapirgan.

Ishtirokchilarning Samarqand, Tayloq, Jomboy, Oqdaryo, Pastdarg‘om va Urgut tumanlariga sayohati ham rejalashtirilgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Sharq taronalari”: Gran-pri sohibi 10.000 ming AQSh dollariga ega bo‘ladi