14:33 / 22.06.2017
8 792

10 yillik tanaffusdan so‘ng Obid Asomovga rasman lisenziya berildi

10 yillik tanaffusdan so‘ng Obid Asomovga rasman lisenziya berildi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyani qo‘lga kiritdi. Lisenziya so‘z ustasiga joriy yilning 13 iyun kuni taqdim etilgan.

Shundan so‘ng Obid Asomov “Milliy” telekanalining anonslarida paydo bo‘ldi. Taniqli qiziqchi ishtirok etgan “Kulish shart!” dasturi shanba kuni soat 21:20 da efirga uzatiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Obid Asomov 1963 yilning 22 oktyabrida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. U ko‘plab badiiy filmlarda rollar ijro etgan. Jumladan, “Kulol va xurmacha”, Tohir va Zuhra, “Dev bilan pakana” va boshqalar.

Bundan tashqari, “Rossiya” telekanalida efirga uzatiladigan mashhur so‘z ustasi Evgeniy Petrosyanning “Krivoe zerkalo” yumoristik dasturida ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 10 yillik tanaffusdan so‘ng Obid Asomovga rasman lisenziya berildi