Ozoda Nursaidova shou-biznesga qaytmoqda (Foto)

  • 22 iyun 2017, 12:18
  • 10 787
  • Madaniyat
  • Ozoda Nursaidova shou-biznesga qaytmoqda (Foto)
    O‘zbek estrada san’atida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan san’atkor, ko‘plab xit taronalari bilan muxlislar qalbidan alohida joy egallagan Ozoda Nursaidova tez kunlarda yangi ijod namunalarini muxlislar e’tiboriga havola etadi.

    “Sayyod.com”ning yozishicha, ayni paytda xonanda yangi qo‘shiqlar yozish va bir nechta klip suratga oldirish ishlari bilan band. Shuningdek, xonanda o‘z kliplarida yangi imidjda namoyon bo‘ladi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, eronlik taniqli xonanda Gugush Ozoda Nursaidovaning “Qol, qol, azizim” taronasini uning ruxsatisiz kuylagani etmaganday, buning ustiga mazkur qo‘shiq musiqasini Ozarbayjon xalq qo‘shig‘i deb ko‘rsatgan.

    “Facebook`da menga yuborilgan manbadagi bu xabardan xayron bo‘ldim, buning ustiga ayrimlar aslida bu qo‘shiqni Ozoda o‘g‘irlagan, deganiga chidab turolmayapman. Qo‘shiqning musiqasini 2003 yil shaxsan o‘zim yozganman. Matn esa Bobur Bobomurodga tegishli. Gugush esa uni Ozarbayjon qo‘shig‘i deya aytmoqda. Menimcha, qo‘shig‘imni birorta Ozarbayjonlik qayta o‘z talqinida ‘Gal gal’ deb kuylagan bo‘lsa, Gugush uni eshitibmi qayta kuylab, Ozarbayjonniki deb o‘ylayapti chog‘i”,—deydi Ozoda Nursaidova “Sayyod” bilan suhbatda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ozoda Nursaidova shou-biznesga qaytmoqda (Foto)