Mashhur kishilar ba’zan o‘zlarining noqonuniy farzandlari borligi haqida eshitib qolishadi. Yaqindagina Filipp Kirkorovning ham Anna Kirkorova ismli “qizi” borligi ma’lum bo‘ldi.
Bunisiga nima deysiz! Filipning “qizi” 23 yoshda. U Rossiyaning Rostov-na-Donu shahrida yashaydi va bank ishi bilan shug‘ullanadi. Anna ilk bor “otasi” Filipp Kirkorov bilan Rostovdagi konserti vaqtida uchrashgan.
Anna “otasi”ni ko‘rish ishtiyoqida sahnaga chiqishga ham muvaffaq bo‘lgan. Avvaliga Filipp qizning qo‘lidan telefonini olib, u bilan selfi tushgan, so‘ng qiz “Eng yaxshi ota” yozuvli toj sovg‘a qilgan. Annaning asl familiyasi Tarasyuk edi, ammo voyaga etgach, uni Kirkorova familiyasi bilan almashtirdi. Hozirda qiz Filipp Kirkorovning Rostovdagi fan-klubi rahbari hisoblanadi.
Filipp Kirkorovning fikricha, qiz juda jur’atli. Sababi, uning fikricha, familiyasini o‘zgartirish orqali inson o‘z taqdiri, hayotini ham o‘zgartiradi. Qiz esa ana shunday jasoratga qo‘l urgan. Anna ham Filipdan uning hayotini o‘zgartirgani uchun minnatdor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi!
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi