14:03 / 10.07.2017
8 290

Manzura: “Shahzoda Dilorom Omonullaevadan uzr so‘rashi kerak!”

Manzura: “Shahzoda Dilorom Omonullaevadan uzr so‘rashi kerak!”
Shu kunlarda aktrisa Shahzoda Muhammedovaning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, taniqli bastakor Dilorom Omonullaeva haqida yozib qoldirgan posti katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu postda Shahzoda Muhammedova O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobini madaniyatsizlik va tarbiyasizlikda ayblagan, uni vijdonsiz, razil va ruhan kasal inson deb haqorat qilgan edi. Albatta, aktrisa tomonidan qilingan bunday munosabatga madaniyat va san’at sohasi vakillari, ziyolilar jim qarab turishmayapti. Ular ham mazkur holat yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda. Xususan, “Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Manzura Yo‘ldosheva ham.

Manzura Yo‘ldosheva, “Shuhrat” medali sohibasi:

– Men o‘n bir yil Uspenskiy nomidagi musiqa maktabida tahsil oldim. O‘sha kezlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qish mening eng katta orzum edi. So‘ng harakatlarimiz, urinishlarimiz, ustozlarimiz ko‘rsatgan yo‘ldan borganimiz natijasida niyatlarimizga erishdik. Albatta, bu dargohda tahsil olishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bo‘lgan. Shu sababli o‘qish davomida ustozlarimizdan “3” yoki “4” baho olish biz uchun katta bayram edi. Agar biror ayb ish qilib qo‘yadigan bo‘lsak, shu zahotiyoq o‘qituvchilarimizdan kechirim so‘rardik. Boisi bizni shunday tarbiyalashgan.

Oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kimdir kira oladi, kimdir esa yo‘q. Jumladan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga ham. Biz bu oliygohga kirish uchun o‘n bir yil o‘qidik, musiqiy bilimga ega bo‘ldik. Ustoz Dilorom Omonullaeva haqida gapiradigan bo‘lsam, u talabchan va qattiqqo‘l o‘qituvchilardan. Agar bunday bo‘lmaganida shuncha iste’dodli, mehnatkash, o‘z ishini sevadigan shogirdlar etishib chiqmas edi.

Bu inson halol mehnat bilan Vatanimizga xizmat qilib kelmoqda. Men ustozim Dilorom Omonullaevadan juda minnatdorman. Ularning qo‘shiqlarini biz imtihonlarda, katta-katta sahnalarda sevib ijro etganmiz. Shuning uchun Shahzoda qilgan xunuk munosabati uchun, albatta, u kishidan uzr so‘rashi kerak, deb o‘ylayman. Bu munosabat savodsizlikdan kelib chiqqan. Zotan bilimga chanqoq yoshlar ustozlarning talabchanligini to‘g‘ri qabul qilishadi. Dilorom Omonullaeva qanchalik qattiqqo‘l bo‘lmasin, doim o‘z o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlagan. Qattiqqo‘lligi uchungina u haqda yomon fikr bildirish, menimcha, noto‘g‘ri.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Manzura: “Shahzoda Dilorom Omonullaevadan uzr so‘rashi kerak!”