13:43 / 10.07.2017
8 756

Dilorom Omonullaeva Rayhon haqida: "u juda chiroyli qiz, lekin ovozi yo‘q"...

Dilorom Omonullaeva Rayhon haqida: "u juda chiroyli qiz, lekin ovozi yo‘q"...
Taniqli bastakor Dilorom Omonullaeva Rayhon va Munisa Rizaevaning ijodiga munosabat bildirdi.

“Bilasizmi, bizda professional tanqidni ko‘tara olishmaydi. Bunga hech kim tayyormasdek. Men o‘z mutaxassisligim tarafidan ochiqchasiga tanqid qilaman va bunga haqqim bor. Bir marotaba Rayhonni tanqid qilgandim. U juda chiroyli qiz, onasini judayam hurmat qilaman, buyuk aktrisa, lekin Rayhonning vokal taraflama ovozi yo‘q, deb hisoblayman. Oddiy va juda katta bo‘lmagan ovoz va yengilgina qo‘shiqlar kuylaydi, deb tanqid qilgandim.

Keyin Munisa Rizaevani tanqid qilganman, o‘zbekona milliylikka xos emas, degandim. Lekin Munisaning ovozi ajoyib! Ovozi zo‘r, hammasi zo‘r, faqat dasturini o‘zgartirish kerak deganman. Unga ko‘proq mentalitetga xos va uni ovoziga mos professional qo‘shiqlar tanlanishi kerakdek.

Sevara Nazarxon ham o‘quvchim, etno jaz bilan butun dunyoga tanildi, afsuski repertuarni o‘zgartirib yo‘nalishi popsaga o‘tdi. U etno jaz kuylashini istardim. Baribir uni tan olaman o‘zimning o‘quvchim, juda iqtidorli. Mening oldimga kelib agar rosmana tanilgan mashhur Munisa Rizaeva janjal qilsayam tushunardim , bu kim bo‘lib qolgan o‘zi Muhammedova? (kuladi). Munisa o‘zimizda bo‘lmasayam, lekin xorijda musiqadan dars olganidan xabarim bor. Man gapirmasam shularni kim gapiradi?”.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dilorom Omonullaeva Rayhon haqida: "u juda chiroyli qiz, lekin ovozi yo‘q"...