Ijtimoiy tarmoqlardagi ommabop guruhlardan biri aktrisa Zarina Nizomiddinovani o‘zbekcha “Kim Kardashyan” deb atadi. Mazkur surat internet foydalanuvchilari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Ayrimlar aktrisani plastik jarrohlik yordamida qomatini o‘zgartirganini, boshqalar esa Zarina bunday natijaga sport bilan shug‘ullanish orqali erishganini yozdi. Nizomiddinova bu suratda fotoshopdan foydalanganini ta’kidlaganlar ham bo‘ldi.
Aktrisaning o‘zi esa mazkur holatga quyidagicha baho berdi:
“Kun davomida menga qandaydir guruhlarda e’lon qilingan suratlarimni jo‘natishmoqda. Shunchalik ko‘p insonlar o‘z vaqtini ayamay uyimning devorlarini muhokama qilishgani albatta yoqimli holat. Aziz muxlislarim va shunchaki kuzatuvchilar, o‘zingizni ko‘zguda suratga olayotganingizda devorlarning boshqacharoq ko‘rinishi har birimizga tanish. Ba’zan suratlarimda devordagi gulqog‘ozlarning buzilib ko‘rinishidan o‘zim hayratga tushaman. Men fotoshopga muhtoj emasman. Yaratganga shukurki, U menga(ko‘pchilik boshqa ayollarga berganidek) go‘zallik va sabr-toqatni hadya etgan. Ko‘pchilik mening plastik jarrohlar xizmatidan foydalanganim haqida yozmoqda. Sevimli muxlislarim agar men o‘zimda nimanidir o‘zgartirsam, bu haqda albatta, sizlarga ma’lum qilaman”,—deb yozadi Zarina. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?