15:17 / 28.07.2017
6 881

Ozodbek Nazarbekovning “Yoshlar” telekanaliga prodyuser etib tayinlanishiga izoh berildi

Ozodbek Nazarbekovning “Yoshlar” telekanaliga prodyuser etib tayinlanishiga izoh berildi
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanali prodyuseri etib tayinlandi.

Butun dunyo tajribasida telekanallarning g‘oyaviy va ijodiy tomonlarini prodyuser boshqaradi, direktor esa tashkiliy masalalar bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, teleradiokompaniyada prodyuserlik shtati bo‘lmagani bois Nazarbekov vaqtincha direktor vazifasini bajardi va kanal ichida prodyuserlik shtatini ochdi.

Prezident nazarda tutgan kanalni boshqarish ishidagi g‘oyaviy va ijodiy mas’uliyat, sifat nazorati Nazarbekovning zimmasida, tashkiliy ishlar bilan esa tashkiliy masalalar bo‘yicha direktor Madamin Safarov shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekovning “Yoshlar” telekanaliga prodyuser etib tayinlanishiga izoh berildi