12:43 / 02.08.2017
7 573

Shvarsenegger tug‘ilgan kunida Silvestr Stallone bilan gavaycha raqsga tushdi

Shvarsenegger tug‘ilgan kunida Silvestr Stallone bilan gavaycha raqsga tushdi
Arnold Shvarsenegger tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan kechada Silvestr Stallone bilan gavaycha raqsga tushdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Gavaycha xuli raqsi ijrosi aks etgan videorolikni Arnold Shvarsenegger Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylashtirdi. Sobiq Kaliforniya gubernatori va mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger yaqinda 70 yoshga to‘lganini nishonladi. U videorolikning tagida tug‘ilgan kuni bilan qutlaganlarga minnatdorchilik bildirib, izoh yozdi.

O‘z navbatida Silvestor Stallone ham Arnold Shvarseneggerni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, uni “fantastik dushman” va “yaxshi do‘st”, deb atadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shvarsenegger tug‘ilgan kunida Silvestr Stallone bilan gavaycha raqsga tushdi