20:11 / 03.08.2017
7 516

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Yozuvchilar uyushmasi binosiga ko‘chiriladi

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Yozuvchilar uyushmasi binosiga ko‘chiriladi
Avval xabar berilganidek, Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashdi. Tadbirda milliy taniqli madaniyat namoyandalari, atoqli shoir va adiblar, teatr, kino, musiqa san’ati sohasining atoqli hamda yosh vakillari, san’atshunos olimlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Uchrashuv chog‘ida davlat rahbari ayni paytda Jurnalistlar ijodiy uyushmasining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini kuchaytirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanayotganligini ma’lum qildi. Ushbu hujjatda Uyushmaning moliyaviy manbalarini aniqlash, viloyat bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, Uyushma xodimlarining mehnat sharoitini yaxshilash kabi masalalar o‘zining amaliy ifodasini topadi.

Ta’kidlanishicha, qarorda Yozuvchilar uyushmasi yil oxiriga qadar yangi binoga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan uning idorasini Jurnalistlar ijodiy uyushmasiga berish ko‘zda tutiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Yozuvchilar uyushmasi binosiga ko‘chiriladi