14:51 / 11.08.2017
19 438

Shou-biznes yulduzlarining uylari qanday ko‘rinishda?

Shou-biznes yulduzlarining uylari qanday ko‘rinishda?
Millionlab gonorarlar kino va musiqa yulduzlariga qimmat va dang‘illama uylar, villalar olishga imkon beradi. Biz sizga Beyonse, Selena Gomes, kichik Robert Dauni, Leonardo Di Kaprio va shu kabi mashhur yulduzlarning uy-joylari bilan tanishtiramiz.

Beyonse va Jey Zi. Bu juftlikning birgalikdagi daromadlari milliard dollardan ortiq. Shu bois, ular o‘zlariga eng qimmat va eng yaxshi narsalarni ravo ko‘rishadi. Masalan, Kaliforniyada joylashgan 400 ming dollarlik villani.

Mila Kunis va Eshton Katcher. Bu yulduzlar esa yaqinda Santa-Barbaradagi 10 million dollarlik yozgi uyni xarid qilishdi. Mila va Eshtonning ta’tilda dam olish uchun mo‘ljallangan uyida 6 ta yotoqxonasi, okean ko‘rinishidagi katta mehmonxonalari bor.

Kichik Robert Dauni. “Marvel” kino yulduzi Toni Starkga taqlid qilishga shu qadar o‘rganib qolganki, hatto unikiga o‘xshash uy sotib oldi. Yaqinda u 3, 5 million dollarga tashqi ko‘rinishi huddi Toni Starkniki kabi villa xarid qildi.

Selena Gomes. 2017 yil may oyida Selena Gomes narxi u qadar qimmat bo‘lmagan uy sotib oldi. Xonandaga bu uy bor-yo‘g‘i 2,25 million dollarga tushdi. Selena sotib olgan uy boshqa shou-biznes vakillariniki kabi dang‘illama bo‘lmasa-da, juda bejirim.

Leonardo Di Kaprio. “Titanik” filmi uchun gonarar olgach Leonardo Di Kaprio ularni Malibudagi uy uchun sarf etdi. Uy tinch okeaniga qaratilgan bo‘lib, bu erda aktyor bir necha oy dam oldi, so‘ng uni ijaraga berdi.



Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shou-biznes yulduzlarining uylari qanday ko‘rinishda?