18:06 / 12.08.2017
10 047

“Stalin o‘limi” nomli film suratga olindi

“Stalin o‘limi” nomli film suratga olindi
Rejissyor Armanlo Iannuchchi tomonidan suratga olinayotgan “Stalinning o‘limi” filmi komedik janrda suratga olindi, deb yozadi Qalampir nashri. Film Fransiya va Buyuk Britaniya hamkorligida yaratildi.

“Stalin o‘limi” filmi treylerini juma kundan boshlab internet orqali ko‘rish mumkin. Film syujetida Stalin o‘limidan keyingi bir necha kunlik voqealar ochib beriladi.

Unda Nikita Xruщyov rolini amerikalik aktyor Stiv Bushemi, marshal Jukov rolini esa Garri Potterdagi roli bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan britaniyalik aktyor Jeyson Ayzeks ijro etadi. Aktyorlar ichida faqat birgina rus aktrisasi Olga Kurilenko Stalinning pianinochisi rolida namoyon bo‘ladi.

Komediya oktyabr oyida ekran yuzini ko‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Stalin o‘limi” nomli film suratga olindi