15:37 / 14.08.2017
11 165

Munisa Rizaeva hech qachon xizmatga bormaydigan restoranlarini sanab o‘tdi

Munisa Rizaeva hech qachon xizmatga bormaydigan restoranlarini sanab o‘tdi
Xonanda Munisa Rizaeva nima sababdan ayrim to‘yxonalarga umuman to‘ylarga bormasligini aytib o‘tdi.

Munisa Jasur Hamroyev bilan suhbatda to‘ylardagi ko‘ngilsiz holatlar sabab to‘ylarga tan soqchilari bilan birga borishini ham ma’lum qildi.

"'Sulola' restoraniga har safar borganimda meni qattiq xafa qilishgan. Har safar borganimda kimdir meni urishgan, ustimdan pul sochishgan. Mening eng yomon ko‘rgan narsam. Yana bormaydigan to‘yxonalarim ro‘yxatida 'Tinchlik', 'Registon' to‘yxonalari ham bor. Bu to‘yxonalar mening 'qora ro‘yxatim'da. Bu restoranlarga hech qachon bormayman. Qancha pul berishsa ham. Men o‘zimni juda hurmat qilaman, o‘zimni sevaman! Shuning uchun o‘zimni hech kimga xafa qildirib qo‘ymayman. San’atkorning ustidan pul sochish unga nisbatan juda katta hurmatsizlik deb hisoblayman",—deydi Munisa.

"Ko‘pincha to‘ylarga borganimda ayrim erkaklar menga 'qichiq' qiladi, so‘kadi, qo‘l ko‘taradi. Shuning uchun ham to‘ylarga tan soqchilarim bilan borishga majburman"—deya so‘zlarini davom ettiradi xonanda.


Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizaeva hech qachon xizmatga bormaydigan restoranlarini sanab o‘tdi