21:31 / 17.08.2017
7 097

Farrux Zokirov “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” raisi etib tayinlandi

Farrux Zokirov “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” raisi etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 3 avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan o‘tkazgan uchrashuvida estrada san’ati haqida alohida fikr yuritib, bugungi davr xonandalarini qattiq tanqid ostiga olgan edi. Prezident o‘z ma’ruzasida san’atkorlarning unvon bilan taqdirlanish masalasi haqida so‘z ochib, unvonning mas’uliyatini ham eslatib o‘tdi va “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ni tashkil etish taklifini berdi.

Bugun, 17 avgust kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida klub faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, G‘ulomjon Yoqubov, Mahmud Nomozov, Ramiz Usmonov, Mardon Mavlonov, Samandar Alimov, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, shoira Farida Afro‘z ishtirok etdilar. Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev olib bordi.

Uchrashuvda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” raisi sifatida e’lon qilindi. Endilikda mazkur klubning har bir viloyatda vakillari bo‘ladi va ular har ikki oyda uchrashib, estrada san’atidagi muammolarni muhokama etadilar.

Tadbirda ishtirok etgan “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nodir Jonuzoq ushbu klub yig‘ilishlari, undagi muhokamalar televidenieda alohida ko‘rsatuv sifatida namoyish etilishini taklif etdi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Farrux Zokirov “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” raisi etib tayinlandi