15:04 / 19.08.2017
12 457

Jamila G‘ofurova: Eng ko‘p davlat filmlarida suratga tushgan aktrisa men bo‘lsam kerak

Jamila G‘ofurova: Eng ko‘p davlat filmlarida suratga tushgan aktrisa men bo‘lsam kerak
Aktrisa Jamila G‘ofurova «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

- Hammaning o‘z tushunchasi bor. Mening tushuncham bo‘yicha, bir nominasiyaga uchta aktrisaning nomzodi qo‘yildi, misol uchun o‘sha vaqtda, ya’ni 2014 yilda Asal Shodieva, Shahzoda Matchonova hamda mening nomzodim qo‘yilgan edi. Omadi bor ekan, mukofot Asal Shodievaga nasib etdi, qoyil, omadini bersin, muxlislari ko‘p ekan. Lekin mening ham talab qilishga, taklif qilishga haqqim bor, chunki san’atning ichida 17 yildan buyon yuribman. Qirqqa yaqin filmda rol ijro qilganman. Taklifim shundaki, mukofotga nomzod ijodkorni necha yildan buyon san’atda yuribdi, qanday filmlarda rol ijro qilgan, deya birma-bir o‘rganib chiqish kerak.

Eng ko‘p davlat filmlarida suratga tushgan aktrisa men bo‘lsam kerak. Misol uchun «Sog‘inch sohili», «Devona», «Jasur», «Uqubat», «Aldangan ayol», «Baron», «Gumrohlar», «Kechikkan hayot», «Armon», «Barakasini bersin» singari davlat filmlarida suratga tushganman. Bu filmlar giyohvandlikka, odam savdosiga, fohishalikka, OITS kasalligiga hamda terrorizmga qarshi ishlangan. Yoshlarning tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladigan, yomon yo‘llardan qaytaradigan filmlarim juda ko‘p, bularni ham hisobga olishsa deyman.

Yosh bolani ham rag‘batlantirish, degan narsa bor. «Sen bu ishni yaxshi qilganing uchun mana mukofoti» desa ertaga bundan ham yaxshi ish qilishi mumkin. Mayli mukofot bo‘lar, bu ham nasib qilib qolar.


Jamila G‘ofurova bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Aktrisa suhbat davomida bolaligi, oilasi, Shakiraga qilgan taqlidi va allambalo raqsi, ochiq kiyinishiga bo‘lgan e’tirozlar, Sevinch Mo‘minova raqobatchi bo‘lgan filmda kastingdan o‘ta olmagani haqidagi barcha savollarga ochiq-oydin javob berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jamila G‘ofurova: Eng ko‘p davlat filmlarida suratga tushgan aktrisa men bo‘lsam kerak