20:18 / 19.08.2017
7 561

Otabek Musaev «O‘zbekkino» rahbarligidan ketdi

«O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktori Otabek Musaev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «Uzbekistan24.uz» saytiga asoslanib «Kun.uz» xabar berdi.

Endilikda Furqat Zokirov «O‘zbekkino»ning yangi rahbari etib tayinlangan. U shu vaqtgacha O‘zbekiston Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasiga direktorlik qilib kelayotgandi.

Furqat Zokirov «Toshkent» teleradiokanali direktori, keyin «Toshkent» radiosi buyicha o‘rinbosar bo‘lib ishlagan.
Otabek Musaev «O‘zbekkino» rahbarligidan ketdi
Otabek Musaev 2016 yilning yanvarida Ahmadjon Umarov o‘rniga «O‘zbekkino»ga rahbar etib tayinlangandi.

Shuningdek, «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri, taniqli dramaturg Shuhrat Rizaev «O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosar Nizomiy Jalolov o‘z lavozimida qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Otabek Musaev «O‘zbekkino» rahbarligidan ketdi