13:42 / 24.08.2017
6 101

Yulduzlar YTH haqidagi rolikda suratga tushdi (Video)

 Yulduzlar YTH haqidagi rolikda suratga tushdi (Video)
Har yili yo‘l-transport hodisalari sabab o‘nlab kishilar hayotdan ko‘z yumadi. Ba’zan boshqa kimsalarning aybi begunoh insonlarning o‘limiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, yosh bolalarning qurbon bo‘lishi achinarli holat. Avtomobil paydo bo‘libdiki, yo‘l qoidasiga rioya qilish lozimligi ta’kidlanadi.

Buning ta’sir kuchini oshirish maqsadida televidenie, radiostansiyalar kabi turli axborot vositalaridan foydalanilishi sir emas. Yaqinda o‘zbek estradasining yulduzlari ishtirokida shunday g‘oyani aks ettirgan videorolik tayyorlandi.

“Soxranim jizni” yoki “Hayotni saqlab qolamiz” shiori ostida ishlangan rolikda O‘zbekistonda ro‘y bergan mudhish YTHlar va ularning oqibatida vafot etgan kishilar taqdiri haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. O‘zbek va rus tillarida tayyorangan videorolikda Rashid Holiqov va uning o‘g‘li Sanjar Holiqov, Munisa Rizaeva, Shohruhxon, Oybek va Nigora, Saida, Shahlo Ahmedova, Sardor Rahimxon, Sevara, Doston Ubaydullaev, Sherzodbek, aktrisa Yulduz Rajabova kabi ijodkorlar ishtirok etishgan.

Mazkur videorolikni e’tiboringizga havola etamiz.



Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduzlar YTH haqidagi rolikda suratga tushdi (Video)