17:21 / 28.08.2017
7 298

«Sharq taronalari» ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda (Foto)

«Sharq taronalari» ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda (Foto)
Xabaringiz bor, 25 avgustdan e’tiboran Samarqand shahrida XI «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o‘tkazilmoqda.

Festival arafasida qadimiy Samarqandda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Musiqa forumini har tomonlama yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan Samarqand viloyat hokimligida ishchi guruhlari tashkil etilib, zarur chora-tadbirlar belgilangan.

Musiqa festivalining ikkinchi kuni Registon maydoniga yig‘ilganlar Janubiy Koreya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Sloveniya, Slovakiya, Polsha, Ukraina, Isroil, Turkmaniston va Qirg‘iziston san’atkorlarining go‘zal kuy-qo‘shiqlari, betakror raqslaridan bahramand bo‘ldi.

"Mehnat ta’tiliga chiqishim bilan oilamni olib Samarqandga keldik. Sharq taronalarini tinglab, madaniy hordiq chiqarish imkoniga ega bo‘lmoqdamiz, – deydi xorazmlik Rahmat Otaxo‘jayev. – Dunyo musiqasi, madaniyati va san’ati bilan tanishmoqdamiz. Chet ellik mehmonlarning yuz-ko‘zidagi mamnuniyatni ko‘rib, shunday mamlakatda yashayotganimizdan faxrlanib ketdik".





Festival qatnashchilari viloyat bilan tuman va shaharlaridagi istirohat bog‘larida, musiqa san’at maktablarida uchrashuvlar o‘tkazilishi, konsert dasturlari namoyish etilishi an’anaga aylangan. Joriy yil ham bu kabi tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Sharq taronalari» ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda (Foto)