AQShlik xonanda Sardor Rahimxonning «Nazar-nazar» qo‘shig‘ini kuylab, barchani lol qoldirdi (video)

  • 28 avgust 2017, 22:27
  • 5 244
  • Madaniyat
  • AQShlik xonanda Sardor Rahimxonning «Nazar-nazar» qo‘shig‘ini kuylab, barchani lol qoldirdi (video)
    Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tmoqda.Festivalning ikkinchi kuni Registon maydoniga yig‘ilganlar Janubiy Koreya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Sloveniya, Slovakiya, Polsha, Ukraina, Isroil, Turkmaniston va Qirg‘iziston san’atkorlarining go‘zal kuy-qo‘shiqlari, betakror raqslaridan bahramand bo‘ldi.

    Registondagi san’at ixlosmandlari, ayniqsa, Jina Chaves (AQSh) boshchiligidagi jamoa o‘zbek tilida ijro etgan qo‘shiqni olqishlar bilan kutib oldi. AQShlik xonanda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning «Nazar-nazar» qo‘shig‘ini ijro etdi deb yozadi Darakchi.uz.

    –"Sharq taronalari" festivalida qatnashish biz uchun katta sharaf, –deydi AQShlik san’atkor. – Registon maydonida jamoamiz bilan o‘zbek tilida ham kuylashga qaror qildik va buning uchun ikkita qo‘shiq tayyorladik. “Sharq taronalari”dagi ishtirok bizning ijodimizda tub burilish yasamoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » AQShlik xonanda Sardor Rahimxonning «Nazar-nazar» qo‘shig‘ini kuylab, barchani lol qoldirdi (video)