8 034
O‘zbekistonda «Muhammad: Afg‘onda unutilgan» deb nomlangan 8 mlrd so‘mlik film suratga olinadi
Aktyor va rejissyor Muhammad Ali Iskandarov qiymati 8 milliard so‘mni tashkil qiladigan «Muhammad: Afg‘onda unutilgan» deb nomlangan filmni suratga oladi. Bu haqda Muhammad Ali Iskandarov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
Bunga qadar «O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Baron» filmi uchun 1,5 milliard so‘m, «Oyqiz ertagi» filmiga esa 1,6 milliard so‘m sarflangan edi. «Muhammad: Afg‘onda unutilgan» filmi esa xususiy kino studiya tomonidan suratga olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, filmga ajratilgan mablag‘ «Oyqiz ertagi» filmining xarajatlaridan besh barobar ortiqdir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Juda ham katta masshtabli loyihani boshlash arafasida turibmiz. Mazkur film dunyoviy standartlarda suratga olinishi mo‘ljallanayotgan bo‘lib, dunyo bozorlariga olib chiqish maqsad qilingan. Film byudjeti ham juda katta, taxminiy byudjeti 8 milliard so‘mni tashkil qiladi. Balki 8 milliard so‘mdan ham yuqori qiymatda bo‘lar yoki uncha mablag‘ sarflanmasligi ham mumkin. Chunki hali to‘la hisob-kitob qilinmagan ayrim jihatlari ham bor. Film yurtimizning ko‘plab viloyatlarida suratga olinishi rejalashtirilgan. Film uchun Afg‘oniston qishlog‘iga o‘xshatib katta qishloq quriladi. «Muhammad: Afg‘onda unutilgan» filmining g‘oyasi o‘zimga tegishli bo‘lib, film ssenariysini Ikrom Shodiyev, Feruz Sa’diyevich, Jasur Isoqovlar bilan birgalikda yozdik. Suratga olish ishlari 2018 yilning fevral oyidan boshlanadi.
Muhammad Ali Iskandarov, aktyor va rejissyor
Muhammad Ali Iskandarov, aktyor va rejissyor
Bunga qadar «O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Baron» filmi uchun 1,5 milliard so‘m, «Oyqiz ertagi» filmiga esa 1,6 milliard so‘m sarflangan edi. «Muhammad: Afg‘onda unutilgan» filmi esa xususiy kino studiya tomonidan suratga olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, filmga ajratilgan mablag‘ «Oyqiz ertagi» filmining xarajatlaridan besh barobar ortiqdir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi