7 263
O‘zbekistonda «Muhammad: Afg‘onda unutilgan» deb nomlangan 8 mlrd so‘mlik film suratga olinadi
Aktyor va rejissyor Muhammad Ali Iskandarov qiymati 8 milliard so‘mni tashkil qiladigan «Muhammad: Afg‘onda unutilgan» deb nomlangan filmni suratga oladi. Bu haqda Muhammad Ali Iskandarov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi, deb yozadi Daryo.uz.
Juda ham katta masshtabli loyihani boshlash arafasida turibmiz. Mazkur film dunyoviy standartlarda suratga olinishi mo‘ljallanayotgan bo‘lib, dunyo bozorlariga olib chiqish maqsad qilingan. Film byudjeti ham juda katta, taxminiy byudjeti 8 milliard so‘mni tashkil qiladi. Balki 8 milliard so‘mdan ham yuqori qiymatda bo‘lar yoki uncha mablag‘ sarflanmasligi ham mumkin. Chunki hali to‘la hisob-kitob qilinmagan ayrim jihatlari ham bor. Film yurtimizning ko‘plab viloyatlarida suratga olinishi rejalashtirilgan. Film uchun Afg‘oniston qishlog‘iga o‘xshatib katta qishloq quriladi. «Muhammad: Afg‘onda unutilgan» filmining g‘oyasi o‘zimga tegishli bo‘lib, film ssenariysini Ikrom Shodiyev, Feruz Sa’diyevich, Jasur Isoqovlar bilan birgalikda yozdik. Suratga olish ishlari 2018 yilning fevral oyidan boshlanadi.
Bunga qadar «O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Baron» filmi uchun 1,5 milliard so‘m, «Oyqiz ertagi» filmiga esa 1,6 milliard so‘m sarflangan edi. «Muhammad: Afg‘onda unutilgan» filmi esa xususiy kino studiya tomonidan suratga olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, filmga ajratilgan mablag‘ «Oyqiz ertagi» filmining xarajatlaridan besh barobar ortiqdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?