18:31 / 04.09.2017
5 014

Mett Deymon Tramp ishtirokidagi filmlar soni ko‘pligiga izoh berdi

Mett Deymon Tramp ishtirokidagi filmlar soni ko‘pligiga izoh berdi
Donald Tramp o‘ziga tegishli binolarda tasvirga olish uchun ruxsat berish evaziga filmlarda rol berilishini talab qilgan. AQSh prezidentining rollari soni ko‘pligini qisman shu bilan izohlash mumkin. Bu haqda aktyor Mett Deymon The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.

Deymonga ko‘ra, shunday kelishuvga muvofiq Tramp hatto 1992 yilda ekranlarga chiqqan Al Pachino ishtirokidagi «Ayol tarovati» filmida ham qatnashgandi. Biroq biznesmen tasvirga tushgan lavha yakuniy montajda qirqib tashlanadi.

«Ish kunidan bir soatni keraksiz suratga olishga sarflashga to‘g‘ri kelardi. Bu jarayonda uni albatta nomini aytib chaqirish shart edi. Trampni tasvirga olish yakunlanganidan keyin esa u ishtirok etgan sahnani olib tashlasa ham bo‘lardi. ‘Uyda yolg‘iz 2’ yaratuvchilari esa bunday lavhasini saqlab qolishga qaror qilgan ko‘rinadi», — hikoya qiladi aktyor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mett Deymon Tramp ishtirokidagi filmlar soni ko‘pligiga izoh berdi