16:42 / 06.09.2017
6 207

Yangi filmda Jeyms Bond uylanadi

Yangi filmda Jeyms Bond uylanadi
Britaniyalik agent 007 haqidagi filmda bosh qahramon uylanadi. Bu haqda Daryo.uz insayderlik ma’lumotlariga tayangan holda ma’lum qildi.

«Bond maxfiy xizmatdan ketadi, u sevib qolgan va uylanadi», — ma’lum qildi insayder.

Ammo, ma’lumotga qaraganda, agentning rafiqasi o‘ldiriladi, shundan so‘ng u yana ishga qaytadi.

Shuningdek, yangi film Liam Nison ishtirokidagi «Asira» filmiga o‘xshab ketishi bildirilmoqda.

Franshizaning oxirgi filmi «007: Qubba»da Bondning ma’shuqasi Madlen Suonn rolini Lea Seydu ijro etgan edi. Taxminlarga ko‘ra, yangi filmda ular rasmiy nikohda yashayotgani ko‘rsatiladi.

Film 2019 yil noyabrida prokatga chiqadi. Unda bosh rolni, oldingiday, Deniyel Kreyg ijro etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yangi filmda Jeyms Bond uylanadi