Kuni kecha Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida 79 mavsumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov, teatr direktori Mirza Azizov, aktyor Ma’ruf Otajonov, O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori Fathulla Ma’sudovlar so‘zga chiqib, yurtimizda teatr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlarini bildirib, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrini navbatdagi ochilish mavsumi bilan samimiy qutladilar va teatrning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.
Ochilish marosimida sozandalar ansambli, raqqosalar va teatr aktyorlarining musiqali chiqishlari namoyish etildi. Marosimdan so‘ng Sobir Abdulla qalamiga mansub “Tohir va Zuhra” spektakli tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinib, teatrning navbatdagi mavsumi ochiq deb e’lon qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi