18:59 / 21.09.2017
15 110

Turk estrada yulduzi Serdar O‘rtach o‘zbek tilida «Qo‘shiq» deb nomlangan taronani kuylaydi

Turk estrada yulduzi Serdar O‘rtach o‘zbek tilida «Qo‘shiq» deb nomlangan taronani kuylaydi
Serdar O‘rtach «Istiqlol» san’at saroyida 25-26- sentyabr kunlari konsert dasturini taqdim qiladi. Turk estradasi yulduzi mazkur konsert dasturida o‘zbek tilida qo‘shiq kuylaydi. Bu haqda konsert rejissyori va prodyuseri Sa’dulla Abdullayev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Serdar O‘rtach shoira Rislig‘oy Hotamova she’ri, bastakor Sulton Ali Rahmatov musiqasi asosida tayyorlangan «Qo‘shiq» deb nomlangan qo‘shiqni O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov, Nasiba Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva hamda xonandalar Sardor Mamadaliyev, Munisa Rizayeva bilan birgalikda duet tarzida kuylashadi. Ushbu qo‘shiq ilk marotaba Serdar O‘rtachning «Istiqlol»dagi konsert dasturida jarang sochadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk estrada yulduzi Serdar O‘rtach o‘zbek tilida «Qo‘shiq» deb nomlangan taronani kuylaydi