06:52 / 30.09.2017
6 653

Toshkentda Janubiy Koreya kinolari festivali boshlandi

Toshkentda Janubiy Koreya kinolari festivali boshlandi
Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Janubiy Koreya kinolari festivali ochildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» xabar bermoqda.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi hamda O‘zbekistonda koreys millatiga mansub fuqarolarning yashay boshlaganining 80 yilligiga bag‘ishlab «O‘zbekkino» Milliy agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.

Marosimda ijodiy tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, kinorejissyorlar va san’atsevar yoshlar ishtirok etdi.

Madaniy anjuman Li Xvan Gyon tomonidan suratga olingan «Yettinchi kameradagi mo‘’jiza» filmi bilan boshlandi. Unda oilaviy munosabatlar, yoshlar hayoti, sadoqat va inson irodasi haqida hikoya qilinadi.

Tadbir kunlari Janubiy koreyalik kinoijodkorlarning «Qirol tikuvchisi», «Abadiy» va «Mojaro sababchilari» filmlari namoyish etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentda Janubiy Koreya kinolari festivali boshlandi