13:07 / 01.10.2017
8 010

«Pul yo‘q, imtiyoz ham yo‘q». Jenisbek Piyazov O‘zbekiston madaniyat vaziriga Qoraqalpog‘iston xonandalarining muammosi haqida gapirdi

«Pul yo‘q, imtiyoz ham yo‘q». Jenisbek Piyazov O‘zbekiston madaniyat vaziriga Qoraqalpog‘iston xonandalarining muammosi haqida gapirdi
O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev 29 sentyabr kuni O‘zbekiston San’at va madaniyat institutida mumtoz qo‘shiq, milliy va zamonaviy estrada, opera yo‘nalishida yakkaxon va jamoa shaklida ijod qilayotgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi. Ochiq muloqotda jurnalist Feruz Muhammad ham qatnashdi, deb yozadi Daryo nashri.

Muloqotda Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov hududdagi xonandalarning muammosi haqida ochiq-oydin gapirib berdi.

Butun Qoraqalpog‘iston xonandalari nomidan bir taklifni o‘rtaga tashlamoqchiman. Qoraqalpog‘istondagi ekologik muhitning yomonligi inobatga olingani holda, masalan, harbiylarga, shifokorlarga imtiyozlar berilgan. Misol uchun, imtiyozi borlar temiryo‘l, aviaparvoz xizmatlaridan 50 foizlik chegirma bilan foydalanishi mumkin, yana boshqa imtiyozlar ham bor.

Qoraqalpog‘istondagi xonandalar hozir achinarli ahvolda. Ijod qilish uchun pul yo‘q. Pul qilish uchun to‘yga chiqish kerak, to‘yga chiqish uchun esa litsenziya bo‘lishi kerak, litsenziya olish uchun ham pul kerak. Iltimos, bizdagi ekologik vaziyatni inobatga olib, bu muammoni ham ko‘rib chiqsangiz va xonandalarga imtiyozlar qilib bersangiz.

Jenisbek Piyazov, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist

Madaniyat vaziri Sayfullayev bir muddat avval qoraqalpog‘istonlik xonandalar bilan uchrashganini ma’lum qilib, xonanda Piyazov aytgan muammo haqiqatan ham mavjudligini tan oldi. Vazir bu muammoni hal qilishga va’da berdi.
Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev (chapdan ikkinchi) va «O‘zbekkonsert» rahbari Azamat Haydarov (o‘ngdan ikkinchi).
«O‘zbekkonsert» davlat muassasi rahbari Azamat Haydarov ham Jenisbek Piyazov juda to‘g‘ri muammoni ko‘targanini ta’kidlab, bu masalada amaliy choralar ko‘rishini ma’lum qildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Pul yo‘q, imtiyoz ham yo‘q». Jenisbek Piyazov O‘zbekiston madaniyat vaziriga Qoraqalpog‘iston xonandalarining muammosi haqida gapirdi