21:20 / 07.10.2017
6 373

Qirg‘izistonda "Oyqiz ertagi" filmi namoyish etildi

Қирғизистонда  "Ойқиз эртаги" фильми намойиш этилди
Joriy yilninig 6 oktyabrida O‘zbekiston madaniyati kunlari dasturi doirasida Qirg‘izistonning "Oktyabr" kinoteatrida "Oyqiz ertagi" filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Madaniyat markazi rahbari hamda Qirg‘iziston madaniyat vaziri o‘rinbosari so‘zga chiqdilar.

"Oyqiz ertagi" filmi tarixiy-ertak, fentezi janrida suratga olingan bo‘lib, keskin sahnalarga boy, qiziqarli va o‘tkir syujet orqali aktyorlar ijrosida hilma-xil, murakkab harakatlar va xarakterlar ochib berilgan. Aktyorlar jangovor va keskin sahnalardagi barcha xarakatlarni o‘zlari bajargan bo‘lib, rejissyor tomonidan qo‘yilgan vazifani a’lo darajada bajara olganlar deyish mumkin.

Filmda ko‘hna Sharqda joylashgan Sarang mamlakatida ro‘y bergan voqealar haqida so‘zlanadi. Unda oydin tunda tug‘ilgan go‘zal malika Oyqiz taqdiri va uning yovuzlar tufayli boshidan kechirgan qismati hikoya qilinadi.

Kartinada Vatanni sevish, uning daxlsizligini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, mardlik, halollik singari ezgu g‘oyalar, sevgi-muhabbat, yovuzlik va adolat kabi mavzular ilgari surilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qirg‘izistonda "Oyqiz ertagi" filmi namoyish etildi