18:49 / 12.10.2017
5 765

Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov o‘z telekompaniyasiga asos soldi

Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov o‘z telekompaniyasiga asos soldi
Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Andrey Malaxov xususiy telekompaniya tashkil etdi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Telekompaniya «TV Xit» deb nomlanadi va u teleloyihalar yaratish bilan shug‘ullanadi.

Malaxovning kompaniyadagi ulushi 50 foizni tashkil etadi. Ulushning qolgan qismi esa prodyuser va mediamenejer Aleksandr Mitroshenkovga tegishli.

Malaxov «TV Xit»ning bosh prodyuseri sifatida faoliyat yuritadi, bosh direktor lavozimini esa Rossiya televideniye akademiyasi a’zosi Aleksandra Novikova egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov o‘z telekompaniyasiga asos soldi