13:26 / 25.10.2017
8 119

Selena Gomes og’ir operatsiyadan so’ng ilk bor omma qarshisiga chiqdi

Selena Gomes og’ir operatsiyadan so’ng ilk bor omma qarshisiga chiqdi

Xabaringiz bor, amerikalik xonanda Selena Gomesga dugonasining bitta buyragi ko’chirib o’tkazilgan edi. Ana shu operatsiyadan keyin xonanda ilk bor omma qarshisida namoyon bo’ldi.

Selena Gomes 2017 yilning may oyida sevgan yori bilan konsertga tayyorlanishayotgan payt o’zini yomon his eta boshladi va shu tariqa kasalxonaga olib kelindi. Shifokorlar xonandadagi teri sili tufayli buyrak ishlamay qolayotganini ma’lum qildilar. Xonandaga yaqin dugonasi Fransiya Raisaning bitta buyragi ko’chirib o’tkazildi.

23 oktyabr kuni xonanda operatsiyadan keyin ilk bor Los-Anjelesdagi “InStyle Awards” taqdirlash marosimiga tashrif buyurgan. Suratlarga qaraganda uning ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Selena Gomes og’ir operatsiyadan so’ng ilk bor omma qarshisiga chiqdi