Ulug‘bek Rahmatullaev konsertiga sotilayotgan qalbaki chiptalardan ogohlantirdi

  • 07 oktyabr 2015, 13:28
  • 5 100
  • Madaniyat
  • Ulug‘bek Rahmatullaev konsertiga sotilayotgan qalbaki chiptalardan ogohlantirdi

    Xonanda o‘zining Instagramdagi sahifasida shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsert dasturiga sotilayotgan qalbaki chipta va taklifnomalardan ogohlantirdi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda.

    Ulug‘bek Rahmatullaev “Qadrli muxlislar, qalbaki bilet va taklifnomalardan ehtiyot bo‘ling, aldanib qolmang. Haqiqiy taklifnoma va biletlarda “Galagramma” bo‘ladi, shundan ajratib olasiz. Qolaversa, bu suratdagi taklifnoma qalbaki. Qolganlarni ham ogohlantiring, ahir ota-onangiz yoki opa-singlingiz bo‘lishi mumkin aldanib qoladiganlar orasida. Bee’tibor bo‘lmang!”, - deya yozib qoldirgan va qalbaki taklifnoma suratini ham joylagan.

    Eslatib o‘tamiz, xonanda shu yilning 5-6-7-8 noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Yoshlik qaytmaydi” deb nomlangan konsert dasturini o‘tkazadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ulug‘bek Rahmatullaev konsertiga sotilayotgan qalbaki chiptalardan ogohlantirdi