17:05 / 07.11.2017
20 279

Ijtimoiy tarmoqda eng mashhur ayol san’atkorlar reytingi. Birinchilik o‘zgardimi?

Ijtimoiy tarmoqda eng mashhur ayol san’atkorlar reytingi. Birinchilik o‘zgardimi?
Bugun instagram ijtimoiy tarmog‘ida faol, kuzatuvchilari soni jihatidan boshqalardan o‘zib ketgan ayol san’atkorlarimiz haqida MyDay ma’lumot berdi.
Parizoda
Asl ismi Dilnoza Shermatova bo‘lgan raqqosa va aktrisa ko‘pchilikka Parizodataxallusi bilan yaxshi tanish. Intsagramdagi shaxsiy sahifasida serqirra ijodkor nafaqat ijodi bilan bog‘liq, balki oilaviy fotosuratlarini ham joylab turadi. Bugungi kunga kelib 674 mingdan oshiq kuztuvichisiga ega san’atkor o‘z sahifasida mingdan oshiq fotosurat joylagan.

Sevara Nazarxon
Nafaqat O‘zbekistonda balki chet ellarda ham millionlab muxlislarga ega xushovoz xonanda Sevara Nazarxon Instagramda unchalik faol bo‘lmasa ham, uning hayotini ijtiomiy tarmoq orqali 690 mingdan ortiq muxlislari kuzatib boradilar. Xonandaning o‘zi esa shu kunga qadar 500ta fotosurat joylagan bo‘lib, asaosiy fotosuratlari ijodiy jarayonlar va xizmat safarlaridan iborat.

Sitora Alimjonova
Aktrisa Sitora Alimjonova ham eng ko‘p kuzatuvchilarga ega instagram foydalanuvichlari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Aktrisaning shaxsiy sahifasiga 735 mingdan ortiq kuzatuvchi obuna bo‘lgan.

Shahzoda Matchonova
Aktrisa Shahzoda Matchonova faol instagram foydaanuvchilaridan hisoblanadi. Bugungi kunga qadar 1200ga yaqin fotosuratlar bilan bo‘lishgan aktrisa 823 mingdanortiq kuzatuvchiga ega. Aktrisaning shaxsiy sahifasida oilaviy fotosuratlarni ko‘rmaysiz. Uning aksariyat suratlari selfi va fotosessiya mahsullaridir.

Nilufar Usmonova
Xushovoz xonanda Nilufar Usmonova ham juda faol instagram foydalanuvchisi. Uning shaxsiy sahifasida hozirgi kunda 3 600dan ortiq fotosuratlar mavjud va uni kuzatib boruvchi muxlislar soni 946 mingdan ortiq. Xonanda aksariyat mashhurlar singari oilasini sir tutmaydi. Uning turmush o‘rtog‘idan boshqa barcha oila a’zolarining suratlarini sahifasidan topish mumkin. So‘nggi paytda xonanda anchagina katta bo‘lib qolgan kenja farzandining fotosuratlarini ham tez-tez joylab turibdi.

Lola Yo‘ldosheva
Maftunkor xonandalarimizdan biri Lola Yo‘ldosheva ham ijtimoiy tarmoqlarda faol. Uning bugungi kunga kelib 1 milliondan ortiq kuzatuvchilari bor. Hozirgi kunda Moskvada yashab, ijod qilib kelayotgan xonanda so‘nggi paytlarda shaxsiy hayoti bilan bog‘liq fotosuratlarni joylashdan chekinmayapti. O‘zi tomonidan tayyorlangan taomlar suratlari ham muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan muhokama qilinadi.

Munisa Rizayeva
Sho‘x-shaddod xonandalarimizdan bo‘lgan Munisa Rizayeva ham millionlab muxlislarga ega. Uning ijodi va shaxsiy hayotini ijtimoiy tarmoq orqali 1 milliondan ortiq muxlislari kuzatib boradilar. Xonandaning o‘zi ham instagramda juda faol bo‘lib, shu kungacha 4000dan ortiq fotosurat bilan bo‘lishgan.

Rayhon G‘aniyeva
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva bugungi o‘ntaligimizninguchinchi pog‘onasida. Uning instagram ijtimoiy tarmog‘idagi kuzatuvchilari soni 1 million 100 mingdan ortiq bo‘lib, xonanda ijodi bilan bog‘liq fotosuratlardan tashqari oilaviy fotosuratlarini ham tez-tez joylab turadi.

Asal Shodiyeva
Aktrisa Asal Shodiyeva instagramda juda faol foydalanuvchilardan hisoblanmasada, bugun o‘ntaligimizning ikkinchi pog‘onasidan o‘rin egalladi. Uning kuzatuvchilari soni hozirgi kunda 1 million 200 mingdan ortiq. Aktrisa o‘zining shaxsiy sahifasida fotosessiyalaridan va oilaviy fotosuratlarini joylab turadi.

Shahzoda
Shahzoda taxallusi bilan mashhur Zilola Musayeva bugungi o‘ntaligimizning birinchi pog‘onasida. Uning instagramdagi kuzatuvchilari soni 1 million 6 yuzmingdan ortiq bo‘lib, xonanda shu kungacha 4000ga yaqin fotosurat bilan bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ijtimoiy tarmoqda eng mashhur ayol san’atkorlar reytingi. Birinchilik o‘zgardimi?