14:05 / 17.11.2017
6 114

10 yillik tanaffusdan keyin yana jo‘shqin ijodga...

10 yillik tanaffusdan keyin yana jo‘shqin ijodga...
Xorazm xalq qo‘shiqlarini aytib, muxlislar mehrini qozongan Shoxsanam roppa-rosa 10 yillik tanaffusdan keyin yana jo‘shqin ijodga qaytdi. U o‘z davrining “xit” taronalaridan biri bo‘lgan “Shaqildoq” singari sho‘x qo‘shiq ijro etdi. Yangi “Cho‘girma” taronasi Farruh Sohib so‘zi va Furqat Bobojonov musiqasi asosida yaratildi. Mahoratli klipmeyker Shuhrat Mavlonov esa qo‘shiq g‘oyasiga mos ravishda trek va syujet yo‘nalishlarida klip suratga oldi. Klipning syujet qismini aktyorlar Sabina va Ta’lat Yo‘ldoshevlar ochib berishgan bo‘lsa, trek yo‘nalishida “Parizod” ansamblining qizlari raqs ijro etishdi.

Ammo bu hali hammasi emas! Xonanda klip davomida akkordeon chalib, sozandalik mahoratini ham ochib berdi. Ishonamizmi, xonandaning yangi ijod mahsuli muxlislarga manzur bo‘lib, tez orada ijodiy tanaffus o‘rni to‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 10 yillik tanaffusdan keyin yana jo‘shqin ijodga...