15:50 / 20.11.2017
6 102

Disney kompaniyasi o’g’irlikda ayblandi

Disney kompaniyasi o’g’irlikda ayblandi
Gollivudning ikki muallifi Di Alfred II va kichik Iezekiil Martineslar Disney kompaniyasini ularga tegishli bo’lgan “Karib dengizi qaroqchilari” filmi bosh qahramoni Jek chittak obrazini o’zlashtirib olganlikda ayblamoqdalar.

Ayblov matnida keltirilishicha, Alfred va Martines 2000 yili Disney kompaniyasiga yangi obraz aks ettirilgan taklif beradilar. Kompaniya filmni suratga olishdan bosh tortadi, ssenariy esa mualliflarga qaytarib berilmaydi. Mualliflar fikriga ko’ra, ushbu ssenariydagi qahramon Deyvi Jons “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi Jek chittak rolining aynan o’zginasi bo’lgan, deyiladi xabarda.

Kinokompaniya esa ushbu ayblovni uydirma deb nomladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Disney kompaniyasi o’g’irlikda ayblandi