22:00 / 23.11.2017
6 436

Filipp Kirkorovni yana qo‘shiq o‘g‘irlashda ayblashmoqda

Filipp Kirkorovni yana qo‘shiq o‘g‘irlashda ayblashmoqda
Gap Filip Kirkorov ijrosida yangragan “Щelkovaya nit” qo‘shig‘i ustida boradi. Fransiyalik Jilbert Sinue bu qo‘shiq aslida unga tegishli ekani, uni xonanda Dalida uchun yozgani, hanuz Dalida bu qo‘shiqni ijro qilishda davom etayotgani, Kirkorov esa ochiqchasiga o‘g‘irlab, qo‘shiqqa “Щelkovaya nit” degan yangi nom berib, yangi oranjirovka bilan kuylab kelayotgani haqida ma’lum qilgan. Ish sudlashishgacha borib yetdi. Filipp Kirkorov, “Filipp Kirkorov prodakshn”, “Pervoye muzыkalnoye izdatelstvo” kompaniya va studiyalari ustidan ilk sud majlisi 2018 yil 18 yanvar kuni Moskva shahar sudi binosida bo‘lib o‘tadi.

Fransiyalik Jilbert Senue Kirkorov va unga tegishli ikki kompaniyadan mualliflik huquqini poymol qilgani uchun 5 million rubldan tovon puli talab qilishni mo‘ljallab yuribdi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yili Kirkorovni Fransiyadagi “Space” guruhi xonandasi Dide Maruani uning “Jestokaya lyubov” deb nomlangan qo‘shig‘ini o‘zlashtirganlikda ayblagan va mualliflik haqidagi qonunni buzgani, ma’naviy zarar uchun tovon puli talab qilgan. Kirkorov tovon puli to‘lashga rozi bo‘lgan. Ammo pul miqdorini sir tutgandi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Filipp Kirkorovni yana qo‘shiq o‘g‘irlashda ayblashmoqda