20:44 / 28.11.2017
6 022

Aleksandr Vilgelm: "O‘zbek xalqiga tegishli merosning o‘z vataniga qaytarilishi yo‘lida qilingan ushbu sa’i-harakatlarni yuksak baholayman"

Александр Вильгельм: "Ўзбек халқига тегишли мероснинг ўз ватанига қайтарилиши йўлида қилинган ушбу саъи-ҳаракатларни юксак баҳолайман"
Bugun Toshkentda “Zamonlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi-ma’rifatli kelajak poydevori” nomli xalqaro media-forum ish boshladi. Media-forumninng muhim tadbirlaridan biri bu — turli sabablarga ko‘ra O‘zbekiston hududidan olib chiqib ketilgan va xorijda saqlanayotgan qo‘lyozmalar, ya’ni “Katta Langar Qur’oni”, Sulton Husayn Boyqaroning devoni “Devoni Husayniy”, “Ravzat us-safo”, “Me’rojnoma”, “Temur tuzuklari”ning faksimile nusxasi O‘zbekiston hukumati va xalqiga topshirilishidir.

Ushbu qo‘lyozmalarning bebaho faksimile nusxasi manuskriptlarni nashr etishda katta tajribaga ega mashhur Yevropa tipografiyasida nashr etildi. Ular asl nusxasiga yaqin qog‘oz ko‘rinishida tilla suvi yugurtirilib hosil qilindi. Nusxalar shu darajada hashamdorki, ularni asl haqiqiy kitobdan farq qilish qiyin. Mazkur tarixiy jarayonda ishtirok etgan Avstriyaning “Mueller & Schindler” nashriyoti vitse-prezidenti Aleksandr Vilgelm shunday deydi:

— Bugun o‘tkazilayotgan yirik va muhim media-forumda ishtirok etayotganimdan juda baxtiyorman. O‘zbek xalqiga tegishli merosning o‘z vataniga qaytarilishi yo‘lida qilingan ushbu sa’i-harakatlarni yuksak baholayman. “O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasida qadimiy qo‘lyozmalarning faksimile nusxalarini yaratuvchisi sifatida qatnashyapman. Bizning nashriyotimiz qadimiy qo‘lyozmalarning faksimile nusxalarini yaratish bilan shug‘ullanayotganiga 50 yildan oshdi. Qadimiy qo‘lyozmalar axborot tarqatishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois bunday “axborot tashuvchilar” yuqori sifatda tayyorlangan, qimmatbaho materiallar bilan bezatilgan. Ularni yaratishda eng yaxshi rassomlar ishlashgan. Qo‘lyozmalarning faksimile nusxalarini yaratishda ham professional rassomlarni jalb etish, ularga ehtiyotkorkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Nashriyotimizda, shuningdek, qo‘lyozmalarning raqamli formati ham tayyorlanadi. Bular xalqning madaniy merosini saqlashda katta yordam beradi. O‘zbekistonda ham bu borada qilinayotgan ishlarni e’tirofga loyiq, deb hisoblayman.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aleksandr Vilgelm: "O‘zbek xalqiga tegishli merosning o‘z vataniga qaytarilishi yo‘lida qilingan ushbu sa’i-harakatlarni yuksak baholayman"