12:08 / 30.11.2017
12 136

Nilufar Usmonovadan tez kunda yangi klip

Nilufar Usmonovadan tez kunda yangi klip
Xonanda Nilufar Usmonova «Dema-dema» nomli taronasiga klip suratga oldirdi. Mazkur tarona Shahboz va Navruz matni hamda musiqasi bilan kuylangan bo‘lib, musiqiy sayqal Jamshid Abdunazarovga tegishli. Klip rejissyori Sarvar Isayev bo‘lib, operatorlik vazifasi o‘z ishining ustasi Rustam Murodovga ishonib topshirilgan. Bu to‘g‘rida MyDay xabar bermoqda.






Nilufar Usmonova:
Klip g‘oyasi Sarvar Isayevga tegishli. Qo‘shig‘im sho‘x tarona bo‘lganligi sabali, klipimni ham komediya janrida suratga olishga qaror qildik, Shunga qaramay, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Men klip xammaga manzur bo‘lib, ko‘pchilikka qaysidir ma’noda dars bo‘ladi, degan umiddaman.

Bosh rolda xonanada Umidaxon aktrisalik mahoratini namoyon qildi. Shuningdek, klipda Manuchehr Qalandarzoda, Husan Maksudov, Otabek Mirzaholov, Ma’mur Holmedov va Muyassar Berdiqulovalarning ijrolarini ko‘rishga muvaffaq bo‘lamiz. Klip syujetli bo‘lib, komediya janrida tasvirga olingan. Premera dekabr oyiga rejalashtirilgan.


Sarvar Isayev:
Klip mavzusi zamonaviy sovchilar bo‘lib, hozirgi kunda bu dolzarb mavzu desa ham bo‘ladi. Biz tomoshabinlarning yuziga tabassum keltiradigan klip suratga oldik. Klipda bosh rollardan birini Umidaxon ijro etdilar. Umidaxonni bu rolga munosib deb bilishimizning sababi, u hayotda ham sho‘x-shaddod va jasur qiz. Shu sababli bu rolni qiynalmasdan o‘ynashiga ko‘zimiz yetdi va o‘ylaganimizdan ham zo‘r chiqdi.

Umidaxon:
Bir kun yaqinlarimiz davrasida o‘tirganimizda Nilufar opam yangi qo‘shiqlariga klip suratga olmoqchi ekanliklarini va klip g‘oyasini aytganlarida, men hazil qilib menga o‘xshagan qiz ekan, o‘zim shu rolni o‘ynab bersam bo‘larkan, deb kulgandim. Keyin Nilufar opam, bo‘ldi, bu rolni o‘zing o‘ynab berasan, deb aytdilar va hammasi shu kundan boshlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Nilufar Usmonovadan tez kunda yangi klip