Ko‘rdik, eshitdik, gapiramiz! “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi litsenziya talablarini buzgan yana bir xonandani litsenziyasini olib qo‘ydi. Bu haqda Qalampir nashrida xabar berildi.
Unga ko‘ra, xonanda Xadicha Qurbonova bilan tuzilgan litsenziya bitimining 4.2.5-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi, sababli, ushbu xonanda nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 17-bandiga asosan 2017 yil 30 noyabrdan tugatilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 oktyabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasida ancha yillardan buyon Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Odilbek Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” davlat muassasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Ma’lumot uchun, Xadicha Qurbonova Odilbek Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” direktorligi kursisiga o‘tirgandan buyon litsenziyasi tugatilgan ilk xonanda bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi