Shu bilan birga facebook ijtimoiy tarmog‘ida ham “Xontaxta” ko‘rsatuvi efirga uzatiladigan “Zo’r tv” kanaliga nisbatan noroziliklar paydo bo‘lgan.
Quyida e’tiboringizga foydalanuvchilarning e’tirozli fikrlarini keltiramiz.
“So‘nggi 1-2 yil ichida yurtimizda so‘z erkinligi, tadbirkorlik deganday «Zo’r tv» degan bir telekanalga asos solindi. Bugungi kunda lof bo‘lsa ham mamlakat yoshlarining aksariyat qismi shu telekanal “mijozi”. Men bu kanalning saviyasi haqida hech narsa demayman, faqat dasturlarining nomlarini sanab o‘taman. Xulosani o‘zingiz chiqarib olavering!
1. “Adrenalin – shou”;
2. “Time of”;
3. “Real xit”;
4. “Bojalar community”;
5. “Garderob”;
6. “Kinotime”;
7. “Indigo”;
8. “Cover up” va hokazo.
Bu jonajon O‘zbekistonimizdagi o‘zbek tilida “faoliyat olib boradigan” telekanalning dasturlari ro‘yxati. Mening bechora ona tilim! Men seni har yili 21 oktyabr yaqinlashsa, esga olaman, maqtayman, kerak bo‘lsa onam deyman! 22 oktyabrdan yana senga “oq” bo‘laman!” “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi