16:14 / 15.12.2017
7 577

Madaniyat vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Madaniyat vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali direksiyasi rahbari o‘zgardi. 2017 yilning 1 dekabridan “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali direksiyasi ijrochi direktori lavozimiga Farhod O‘ktamovich Jo‘rayev tayinlandi va ayni paytda ish faoliyatini boshladi.

Farhod Jo‘rayev 2015 yilda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Madaniyat vazirligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, shuningdek, yangi tashkil etilgan O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga rahbar tayinlandi. 2017 yilning 11 dekabridan O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga bosh direktor tayinlangunga qadar bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib Jasur Toshtemirovich Jabborov tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Madaniyat vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi