Avvalroq, O‘zbekistonga jahon yulduzi Enrike Iglesias tashrif buyurayotgani, 28 dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etishi haqida xabar bergan edik.
Ko‘pchilikka ma’lumki, bir necha yillik tanaffusdan so‘ng, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov ham 28-29-30 dekabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Sizlarni sog‘indim” nomli konsert dasturini taqdim etayotgan edi. Biroq Enrike Iglesiasning konserti munosabati bilan Obid Asomovning 28 dekabrdagi konserti 2018 yilning 2 yanvariga ko‘chirildi.
Shunday qilib, Obid Asomovning uch kunlik konserti birinchi kuniga, ya’ni 28 dekabrga chipta xarid qilganlar 2 yanvar kuni konsertga boradilar.
Ma’lumot o‘rnida, Enrike Iglesias O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurmoqda. Uning otasi, jahon yulduzi Xulio Iglesias 2008 yil Gulnora Karimova taklifi bilan Toshkentga kelgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Enrike Iglesiasning konsert dasturi uchun chiptalar sotuvga chiqarilmagan. Konsertga taklifnoma bilan kirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi