16:39 / 02.01.2018
6 969

Aktrisa Jessika Alba Yangi yil kunida uchinchi bor ona bo’ldi

Актриса Жессика Альба Янги йил кунида учинчи бор она бўлди
Ushbu yangi yil bayrami aktrisa Jessika Alba va uning turmush o’rtog’i Kesh Uorren uchun butun umrga unutilmas bo’lishi aniq. Zotan ularning uzoq kutilgan o’g’il farzandlari 31 dekabr kuni dunyoga keldi. Aktrisa o’g’lonining ilk suratini muxlislari bilan bo’lishib xam ulgurdi.

“Xeys Alba Uorren, 31.12.17. YAngi yil uchun eng yaxshi sovg’a. Biz Kesh bilan shunchalar baxtlimizki! Xeven va Onor ham ukalari tug’ilganidan g’oyat xursandlar!” deb yozgan aktrisa uxlayotgan chaqalog’i surati tagiga.

Tug’ilgan chaqaloq juftlik oilasidagi uchinchi farzand. 36 yoshli Jessika va 38 yoshli Keshning ikki nafar – 9 yoshli Onor va 6 yoshli Xeven ismli qiz farzandlari bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Jessika Alba Yangi yil kunida uchinchi bor ona bo’ldi