19:02 / 03.01.2018
5 742

Rayhon xalqaro "Oltin Panterra” marosimida ishtirok etmoqda

Райҳон халқаро "Олтин Пантерра” маросимида иштирок этмоқда
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva uchun 2018 yil yana bir muhim tadbir bilan boshlanadi...

Gap shundaki, xonanda uzoq vaqtdan buyon o‘tkazilib kelinayotgan, nufuzli xalqaro mukofotlardan biri "Oltin Panterra” taqdirlash marosimida ishtirok etadi. Mazkur taqdirlash marosimida shou- biznes vakillaridan xalq orasida ko‘p tilga tushgan xonandalar qatnashib, bir necha talabgorlar ichidan eng mashhurlari g‘olib bo‘lishadi. Rayhon G‘aniyeva esa O‘RTA OSIYoNING ENG YaXShI QO‘ShIQChISI deb tan olingan.

Taqdirlash marosimi 2018 yilning 25 fevral Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu York shahrida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumot sifatida aytib o‘tish kerakki, mazkur nufuzli taqdirlash marosimida qirqqa yaqin davlat vakillar bo‘y ko‘rsatishadi. Ushbu tadbir tafsilotlari bilan bizda tanishib borishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon xalqaro "Oltin Panterra” marosimida ishtirok etmoqda