20:57 / 13.01.2018
5 569

Amerika kino akademiyasi “Oskar” nomzodlarining saralash jarayonini yakuniga yetkazdi

Америка кино академияси “Оскар” номзодларининг саралаш жараёнини якунига етказди
Amerika kino san’ati akademiyasi kecha “Oskar” mukofoti uchun da’vogarlik qiladigan nomzorlarni saralash jarayonini o’z nihoyasiga yetkazdi.

Xabarda aytilishicha, bu yilgi nomzodlar nomi shu oyining 23 sanasida o’qib eshittiriladi. Ovoz berish jarayonining final bosqichi esa 20 fevraldan 27 fevralgacha davom etadi.

Tanlov g’oliblari 4-mart kuni o’z mukofotlariga erishadilar.

Eslatib o’tamiz, Amerika kino akademiyasi o’z tarkibiga 6000 dan ortiq kino ijodkorlarini jamlagan bo’lib, “Yilning eng yaxshi filmi” nomzodlari uchun akademiyaning barcha a’zolari ovoz berishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Amerika kino akademiyasi “Oskar” nomzodlarining saralash jarayonini yakuniga yetkazdi