00:15 / 15.01.2018
6 274

Barcha davrlarning eng yaxshi aktyori aniqlandi

Барча даврларнинг энг яхши актёри аниқланди
61 yoshli gollivud aktyori Tom Xenks barcha davrlarning eng yaxshi aktyori sifatida tan olindi.

Aktyor bunday nomga Ranker portalida o’tkazilgan so’rovnoma natijasida erishgan va unga 1,1 mln foydalanuvchidan 22 mingtasi ovoz bergan.

Shu tariqa aktyor reytingning eng yuqori pog’onasini band etdi. Ikkinchi o’rin esa Bett Deyvis, uchinchi o’rin teatr va kino aktyori Marlon Brandoga nasib etgan.

Xabarda aytilishicha, eng yaxshi aktyorlar o’ntaligiga Robert de Niro, Jeyms Styuart, Jek Nikolson, Ketrin Xepbern, Morgan Frimen, Entoni Xopkins va Dastin Xoffmanlar ham kirishgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Barcha davrlarning eng yaxshi aktyori aniqlandi