18:38 / 19.01.2018
8 050

«Berlin — Oqqo‘rg‘on» filmini suratga olish ishlari boshlandi. Kino nima haqda?

«Berlin — Oqqo‘rg‘on» filmini suratga olish ishlari boshlandi. Kino nima haqda?
«O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga asosan, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida «Berlin — Oqqo‘rg‘on» filmini suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Film ssenariysi muallifi va postanovkachi rejissyori Zulfiqor Musoqov, postanovkachi operator — Azizbek Arziqulov, postanovkachi rassom — Sergey Chufarnov, liboslar bo‘yicha rassom — Yevgeniya Biserova, kartina direktori — Shuhrat Hamidullayev.

«Berlin — Oqqo‘rg‘on» filmining suratga olish jarayoni
Foto: «O‘zbekkino» MA

Filmda aktyorlardan Hasan Shuhratov, Mahliyo Asqarova, Nigora Karimboyeva suratga tushmoqda. Unda ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq o‘ziga xos siyosiy o‘yinlar fonida ikki — o‘zbek va yahudiy oilalarida kechayotgan voqealar aks etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Berlin — Oqqo‘rg‘on» filmini suratga olish ishlari boshlandi. Kino nima haqda?