09:45 / 23.01.2018
7 315

Jenisbek Piyazov qilgan ishni oyog‘i yerdan uzilgan yulduzlar qila oladimi? (Video)

Jenisbek Piyazov qilgan ishni oyog‘i yerdan uzilgan yulduzlar qila oladimi? (Video)
Hayot murakkab. U pastu balandliklardan iborat. Hammaning orzusi, intilishlari, maqsadlari turlicha. Odamlardan orzuingiz nima, deb so‘rasangiz, ko‘pchilik uni moddiylikka aylantirishi, tabiiy. Biroq Toshkent viloyati Chirchiq shahrida istiqomat qilib kelayotgan Mohiraxon Qarshiboyevaning orzusi boshqalarnikidan farq qilardi.

Mohiraxon aravachada harakatlanadi. Mustaqil ravishda yurishga imkoniyati cheklangan. U “O‘zbekiston 24” telekanali orqali chiqishida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazovning muxlisiligi, u bilan uchrashish orzusi ekanini aytgandi. Jurnalist Mavjuda Mirzayeva tomonidan tayyorlangan lavha Jenisbek Piyazovni befarq qoldirmadi. Xonanda Mohiraxon Qarshiboyevaning tug‘ilgan kuniga to‘satdan kirib borib, uning orzusi ushalishiga sabab bo‘ldi.

Lavhadan ayon, xonanda konsert oldida turgani, vaqti tig‘izligiga qaramasdan muxlisini ko‘rgani bordi, u bilan orzulari haqida suhbatlashishga, ko‘nglini ko‘tarishga vaqt topdi. San’atkorning muxlis oldidagi burchi shu bo‘lsa kerak, balki. Xo‘sh, yana qaysi san’atkorlar yo‘l bosib, muxlisini ko‘rgani boradi, u bilan dildan suhbat quradi?

Bu lavhani oyog‘i yerdan uzilgan “yulduz”lar ko‘rsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jenisbek Piyazov qilgan ishni oyog‘i yerdan uzilgan yulduzlar qila oladimi? (Video)