Gollivudning taniqli aktyorlari bo’lmish Tom Kruz, Jonni Depp va Mark Uolberglar “Oltin malina” mukofoti nomzodlariga aylanishdi. Bu haqida taqdirlash marosimi tashkilotchilari “inson salomatligi va atrof-muhit uchun xatarli elementlarni yo’q qilish" mavzusidagi videorolik orqali hazilomuz tarzda ma’lum qilishgan.
“Eng yomon aktyorlik ijrosi” yo’nalishidagi nomzodlar orasida Tom Kruz, Jeymi Jordan, Jonni Depp, Zak Efron va Mark Uolberglar nomini ko’rish mumkin.
Aktrisalar orasida esa eng yomon ijrochi deya baholanayotgan ijodkorlar – Dakota Jonson, Ketrin Xaygl va Jennifer Lourenslardir.
Xabarda aytilishicha, yilning eng yomon filmi nomiga “Emodji film”, “Mumiyo”, “Transformerlar: So’nggi ritsar”, “Malibu haloskorlari” filmlari da’vogarlik qilmoqda.
Eslatib o’tamiz, “Oltin malina” mukofoti yilning eng yomon kinoijodkorlari va ijod namunalarini aniqlaydi, taqdirlash marosimi esa “Oskar” taqdimoti arafasida bo’lib o’tadi. “G’olib”larga oltinrang bo’yoq bilan qoplangan malina shaklidagi plastik “mukofot” topshiriladi. Uning bahosi esa ijodkorlar erishgan nomga yarasha 5 dollardir.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi